#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kvota doirasida aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
🔹 Imtihon bosqichlari.
➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan (30 ta topshiriq)
-ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq)
➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.