Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

Joriy yilning 9-sentabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi”   tashabbusi bilan jamgʻarma tomonidan nashr etilgan 20 nomdan ortiq ilmiy, metodik kitoblar, lugʻatlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

Jamgʻarmaning bosh mutaxassisi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori G‘afur Hamroyev va  yetakchi mutaxassis Guljamol To‘ychieva kitoblarning ilmiy amaliy ahamiyati haqida tinglovchilarga so'zlab berdilar.   

Uchrashuv davomida “O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning 5 ta kitobdan iborat yangi nashri, “ O‘zbek tili me’yorlari, punktuatsiya”, “Ijtimoiy siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” va shu kabi bir qancha kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi hamda o‘quvchilarga foydalanish uchun topshirildi.