Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.
Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlanishdi.