AGENTLIK TIZIMIDAGI TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARI NAVBATDAGI XALQARO OLIMPIADADA G‘OLIB BO‘LISHDI

4-5-dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “VKOSHP” xalqaro olimpiadasida 

– Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan – Dilshodbek Xo‘jayev 
– Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan – Asilbek Sunnatov jamoa bo‘lib ishtirok etishdi.

Ushbu jamoa bronza medal va 3 darajali diplomni qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, final bosqichi 5 soat davom etdi va jamoalar 15 ta masalani ishlashdi.