Agentlikning mahalliy va xorijiy pedagoglari uchun tashkil etilgan xalqaro oʻquv-trening haftaligi yakuniga bagʻishlangan tadbir

Hafta davomida o‘tkazilgan treninglar pedagog kadrlarning Prezident maktablarida Cambridge Assessment dasturidan samarali foydalanishini ta’minlashda ko'maklashadi.

Shuningdek, bugungi tadbir ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlarida ham yordam beradi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:
“Zamonaviy ta'lim tizimida o‘quvchidan bilimga asoslangan ma'lumotlardan ko‘ra, amaliyot ko‘nikmalari talab etilmoqda. Shunday ekan, sifatli ta'lim tizimini tashkil qilish uchun malakali ustozlarga ehtiyoj bor. Pedagoglarimiz uchun tashkil etilgan mazkur o‘quv-trening haftaligi ularning ish tajribasida ko’makchi bo’ladi, deb o‘ylayman va kelgusi faoliyatingizda muvaffaqqiyat tilayman”.

Cambridge Assesment tashkilotining o‘quv dasturlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abbygail Barnett:
“Malaka oshirish haftasi haqiqatda chuqur taassurotlarga boy bo’ldi. Kelgusida Agentlikning yangi pedagog kadrlari uchun ham treninglarni davom ettiramiz".

Bugungi ma'naviy-marifiy tadbir davomida xorijiy mutaxassislar ishtirokida milliy qadriyatlarimiz bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek,  “Marvarid” bolalar guruhi, “Sabo”, “Ko‘k choy” guruhlari chiqishlari hamda taniqli san’atkorlar  kuy-qo‘shiqlari yig’ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Ma'lumot o'rnida, trening yakunlangach, ishtirokchilarga Cambridge Assesment tashkiloti tomonidan xalqaro sertifikatlar taqdim etiladi.