“Akademik bilan suhbat” on-layn loyihasining bu galgi mehmoni dunyo tan olgan oʻzbek matematigi Shavkat Abdullayevich Ayupov

 

Joriy yilning 4-iyun kuni, Fanlar akademiyasi Matematika ilmiy tadqiqot instituti direktori, Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Fanlar akademiyasi akademigi, Oliy majlis Senati aʼzosi Shavkat Abdullayevich Ayupov bilan Agentlik tasarrufidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida suhbat boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi hamkorlikda “Akademik bilan suhbat” on-layn loyihasini tashkil qilgan edi. Loyihaning asosiy maqsadi Fanlar akademiyasida faoliyat yuritib kelayotgan akademiklar bilan iqtidorli yoshlarning oʻzaro muloqotini yoʻlga qoʻyish, ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalarni muhokama qilish hamda ilm-fan yoʻnalishida yechimini kutayotgan masalalar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishdan iborat. Anjumanda oʻquvchilar taʼlim dargohida kimyo, biologiya, fizika, matematika kabi aniq fanlaridan olayotgan bilimlarini amaliyotda joriy etish usullari toʻgʻrisida savol-javob qilishi va bugungi kunda dolzarb boʻlgan ilmiy tadqiqotlar toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlishi kutilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida: Akademik Sh. A. Ayupov hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy sanalari

  • Ayupov Shavkat Abdullayevich 1952 yil 14 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan
  • 1980 y. – Amerika matematika jamiyati a’zosi.
  • 1989 y. – O‘zbekiston respublikasi fanlar Akademiyasi muxbir-a’zosi etib saylandi.
  • 1995 y. – O‘zbekiston respublikasi fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademik) etib saylandi.
  • 1996 y. – «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
  • 1997 - 2003 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) raisi.
  • 2000 - 2010 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti algebra va funksional analiz kafedrasi mudiri.
  • 2001 yildan – «Fizika, Matematika va informatika» jurnali Bosh muharriri.
  • 2003 y. – «Mexnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi;
  • – Rivojlanayotgan Dunyo fanlar Akademiyasining (TWAS) haqiqiy a’zosi etib saylandi.
  • 2004 yildan – «O‘zbek matematika jurnali» Bosh muharriri.
  • 2008 y. – Mongoliya fanlar Akademii a’zosi etib saylandi.
  • – Abdus Salom nomidagi Xalqaro Nazariy Fizika Markazi (ICTP) a’zosi etib saylandi (Triyest, Italiya).
  • – Turk dunyosi Matematika jamiyatining “TWMS Journal of Pure and Applied Mathematics» ilmiy jurnalining xalqaro ilmiy kengashi a’zosi etib saylandi
  • 2011 y. – Turk dunyosi Matematika jamiyatining ilmiy jamg‘armasi boshqarmasi a’zosi etib saylandi; «O‘zbekiston Respublikasi Fan Arbobi» faxriy unvoni berildi.
  • 2017 yildan – O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori.
  • 2017 y. - O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasida Birinchi darajali Davlat Mukofoti Laureati.