#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
Farmon ijrosi doirasida Agentlik tizimidagi Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi Muxsinjon Аshurov ishtirokida onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Unda STEM fanlarini oʻqitishning samarali usullari, yangi pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni taqdim etish bo‘yicha amaliy tajriba almashildi.
O‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida, akademik M.Ashurov lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan. Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yoʻqotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratilgan.