#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida belgilab oʻtilgan.
Farmon ijrosi doirasida Namangan shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston fanlar akademiyasi akademiklari - fan arbobi Bobomurod Ahmedov, akademik Fathullo Abdullayev hamda Namangan davlat universiteti dotsenti, fan doktori Bahrom Abdulazizovlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda universitet talabalari, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ham ishtirok etdishdi.