AZIZBEK LONDONDAGI BRUNEL UNIVERSITETINING IKKITA FAKULTETIGA O'QISHGA QABUL QILINDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining (https://t.me/prezidentmektebi) 11-sinf o'quvchisi Azizbek Kurbanbaev  Londondagi Brunel universitetiga va AQSHning Pensilvaniya shtatida joylashgan Templ universitetiga o'qishga qabul qilindi!

O'quvchimiz Brunel universitetining birdaniga 2ta fakultetiga - xalqaro biznes hamda ishbilarmonlik va innovatsiya fakultetlariga o'qishga kirgan.

Azizbek bungacha Shanghaydagi Nyu York universitetidan ham ijobiy javob olgan edi.

Ma'lumot o'rnida, AQSHdagi Templ  va Londondagi Brunel universitetlari Times Higher Education tashkiloti tomonidan dunyoning TOP 500 talik universitetlari ro'yxatiga kiritilgan.