"BARCHA BOLALAR MUVAFFAQIYATLI" LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV

#xalqaro_hamkorlik

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida mazkur loyiha doirasida navbatdagi uchrashuv  bo‘lib o‘tdi. 

Unda USAID vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining tegishli boshqarmalari mutaxassislari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi ishtirok etdi. 

Muloqotda mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi muhokama qilinib, yangi takliflarni qoʻshish, ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Qayd etilganidek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun inklyuziv baholash materiallari va barcha sinflar uchun baholash instrumentlari ishlab chiqilmoqda.  

Maʼlumot oʻrnida, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv taʼlim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv taʼlim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga  asosiy manfaatdor tomonlar, yaʼni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish.  

Telegram (http://t.me/piimauz) | Facebook (https://www.facebook.com/piima.uz) | Instagram (http://instagram.com/piima.uz) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw)