BILIMDON O‘QUVCHILAR “ZAKOVAT”da BELLASHDILAR 

6-oktabr kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internati, Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat”  intellektual turniri o‘tkazildi. 

Turnir Andijon shahrida joylashgan 1-son ixtisoslashgan maktab-internatida o‘tkazildi. Zakovat turnirini Prezident taʼlim muassasalari agentligi Andijon viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i Rasuljon Karimov ochib berdi. 

Zakovat bellashuvida viloyatning Agentlik tizimidagi 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabining «Everest» jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ushbu Zakovat turniri o‘quv yili davomida to‘plangan ballar asosida bosqichma-bosqich o‘tkazilishi davom etadi.