BITIRUVCHILAR KENGASHI: "TAʼLIMDA BARQAROR RIVOJLANISH – KELAJAK POYDEVORI"

#Bitiruvchilar_kengashi
#Renessans_oromgohi 

 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Bitiruvchilar kengashi a’zolari va bitiruvchilar ishtirokida "Taʼlimda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda. 

“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi mezbonlik qilayotgan mazkur konferensiya doirasida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilarining ilmiy, innovatsion yoʻnalishlarda tadqiqotlari, izlanishlari, Startap loyihalari taqdimotlari boʻlib oʻtmoqda. 

Shuningdek, Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan "STEM+" musobaqasining  Respublika bosqichi, ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening oʻtkazilmoqda. 

Bitiruvchilar bogʻini tashkil etish, qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazish rejalashtirilgan.