#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETNING 248 000 AQSH DOLLARIGA TENG TOʻLIQ GRANTIGA SAZOVOR BOʻLDI
Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammaddiyor Olimjonov Shanxay Nyu-York universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 248 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Maʼlumot oʻrnida, Shanxay Nyu-York universiteti (NYU Shanghai) – bu Nyu-York universitetining (NYU) xalqaro tarmoqlaridan biri bo‘lib, Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan. Oliygoh Nyu-York universitetining akademik dasturlarini taqdim etadi. Shuningdek, talabalar uchun global miqyosda taʼlim olish imkoniyatlarini beradi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!