#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor 

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining direktori, matnshunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirova O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Yilning eng faol eksperti” mukofoti bilan taqdirlandi!

Hilola Nazirova “O’zbekiston tarixi” kanalida “Tarixiy savol” ko’rsatuvining muallifi va boshlovchisi bo’lib, shu kunga qadar qiziqarli va dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan e’tirof etilgan.