Bolalar ijodidan namunalar: Botir Zokirovga

Xayolimda bo‘ldi uzun tun,
Baxtga boqib yashadim xolos.
Zulmatdagi zanjirbandlikdan,
Kuylar meni ayladi xalos.

Qalb o‘yimni bezar bir navo,
Eshitilar xonishi uzoq.
Dilga ajib g‘ulg‘ula solib,
Alamlarni ayladi yiroq.

Bu qo‘shiqlar o‘lmas umrbod,
Dardga davo bo‘ladi hamon.
Kuylab turar baxtning kuychisi, 
Xush ovozi so‘nmas hech qachon.
                                       
✍️ Dilnura Hamdamova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8 – sinf oʻquvchisi.