Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga 3-bosqich imtihonlar bo’lib o’tmoqda

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga 3-bosqich imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

Mazkur bosqich - chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichi hisoblanadi. 

Unda: 
🟢ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test (1,9 ball)
🔵ingliz tili fanidan 15 ta test (1,6 ball) 
🟣intelektual qobiliyati darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha 15 ta test (1,4 ball) jami 50 ta test beriladi. 

Xorijiy tillar yo’nalishiga:
🟢ingliz tili fanidan 20 ta test (1,9 ball)
🔵ona tili va adabiyot fanidan 15 ta test (1,6 ball) 
🟣intelektual qobiliyati darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha 15 ta test (1,4 ball) jami 50 ta test beriladi.

❗️Maksimal ball 83 ballni tashkil etadi.
_
✔️Fotolavhalarda Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablari.