Diqqat! Onlayn olimpiada!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida joriy yilning 10-11-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari hamda Science fanlaridan 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn olimpiadalar quyidagi grafik asosida o‘tkaziladi.
Olimpiada jarayonida ishtirokchilarga har bir fandan 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 2 bosqichda (test, dasturlash) tashkil etiladi.
O‘quvchilar ushbu onlayn olimpiadalarda Agenlikning portal.piima.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari tanlagan faqat 1 ta fan bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn olimpiadalar
GRAFIGI
T/r |
Fanlar nomi |
Sinfi |
O‘tkazish kuni |
Olimpiadada ishtirok etish vaqti |
1 |
Matematika |
5-11 |
10-mart |
10:00-19:00 |
2 |
Science |
5-7 |
10- mart |
10:00-19:00 |
3 |
Informatika va axborot texnologiyalari (test) |
5-11 |
10- mart |
10:00-19:00 |
4 |
Biologiya |
8-11 |
10- mart |
10:00-19:00 |
5 |
Fizika |
8-11 |
11- mart |
10:00-19:00 |
6 |
Kimyo |
8-11 |
11- mart |
10:00-19:00 |
7 |
Informatika va axborot texnologiyalari (dasturlash) |
5-11 |
11- mart |
10:00-19:00 |