#prezident_maktablari
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabda "General va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi
🟢Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.
✅ Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi.
⏰ Kunning ikkinchi qismida, oʻquvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar, jangovar harbiy chiqishlar, oʻquv mashgʻulotlarida qoʻllaniluvchi usullar namoyish etildi.
🗣Bunday uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirib, kelajakda vatan ravnaqiga xizmat qiluvchi shaxslar boʻlib ulgʻayishida beqiyos oʻrin egallaydi.