FARMATSEVTIKA BOʻYICHA TAʼLIM IMKONIYATLARI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

#hamkorlik

 Andijon shahridagi Prezident maktabida Farmatsevtika texnik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda oʻquvchilar farmatsevtika va sogʻliqni saqlash sohalaridagi innovatsiyalar, soʻnggi yutuqlar, ayni yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim, kasb imkoniyatlari, oʻquv dasturlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Maʼlumot oʻrnida, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan (https://t.me/piimauz/20938?single).  

Mazkur hujjat bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni ham oʻz ichiga olgan.