Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilarining Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan 14-xalqaro fanlar olimpiadasida g‘olib bo‘lishgani ham shunday yutuqlarimizning davomi bo‘ldi

Agentligimiz tizimida bir-biridan iste’dodli ko‘plab yoshlar tahsil olishadi. Ularning har bir yutug‘i qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi. 

Kuni kecha Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilarining Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan 14-xalqaro fanlar olimpiadasida g‘olib bo‘lishgani ham shunday yutuqlarimizning davomi bo‘ldi.

Unda o‘quvchilarimiz jami 4 ta medal sohibi bo‘lishdi:

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Nilufar Ibrohimova matematika fanidan 1-o‘rinni;
Qo‘qon shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Ahadov Ayyubxon matematika va ingliz tili fanlaridan ishtirok etib, 2 ta kumush medalni;
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Fazilatxon Ahadova esa ingliz tili fanidan 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Mazkur olimpiada joriy yilning 30-oktabridan 6-noyabriga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilarimiz dunyoning 10 dan ziyod mamlakatidan kelgan yoshlar bilan o‘zaro kuch sinashishdi.

Keyingi faoliyatingiz va o'qishlaringizda omad yor bo‘lsin, aziz yoshlar!