Agentlik tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabiga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon G’aniyevlar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi, ularning ta’lim jarayonlarini kuzatib, yaqindan suhbat qurdi.
Shundan so‘ng Halima Xudoyberdiya ijod maktabi muzeyidagi shoiraning esdalik suratlari, yod etuvchi turli ko‘rgazmalar bilan tanishildi.