Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Agentlik rahbari Hilola Umarovaga minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2 dekabrdagi  “O‘zbekiston Qahramoni  va xalq shoiri  Abdulla Oripov tavalludining  80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan   “Abdulla Oripov ijodida Vatan madhi” mavzusida badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi.  Ushbu adabiy-musiqiy kechani tashkil etishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchilarining ishtiroki ham ta’minlandi.  

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi, so‘ngra  Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi  xizmatchilari  va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida Abdulla Oripov qalamiga  mansub bahr-u bayt aytishuvi, drama ko‘rinishidagi badiiy sahna  ko‘rinish, musiqiy chiqishlar hamda shoir she’rlari xorijiy tillarda  tarannum etildi. 

Tadbirning asosiy tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Agentlik rahbari Hilola Umarovaga  o‘quvchilar ishtiroki va faolligining tashkil etishdagi amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.