Ibn Sino maktabining 7 nafar o'quvchisi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichiga o'tdi

Avvalroq, kimyo va biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi bo‘lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning jami 7 nafar o'quvchisi: 
— Azizbek Nazarov
— Axror Baxodirov
— Shaxzoda Hakimova
— Azimjon Jamolov
— Ikromiddin Boymaxamadov
— Maftuna Badalova hamda
— Emirali Gafarovlar KIMYO fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib III bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.