IJOD BOG'I NIHOLLARI

 

Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan ilm dargohlarida tahsil olayotgan yosh iste’dod egalarining she’r va hikoyalari “Ijod bog'idan guldasta” nomi bilan kitob holida nashr etildi.

Toshkentdagi “Lisson PRESS” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu to'plamdan Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilaridan ham o'n uch nafarining she’rlari o'rin olgan.

Yaqinda ijod maktabida bo'lib o'tgan mazkur kitobning taqdimot tadbirida ushbu dargoh rahbari S.Abdullayev, shoir va jurnalist O.Ismoilov, Xiva shahar hokimi maslahatchisi Sh. Abdullayeva, adabiyotshunos olima M.Matyaqubova va boshqalar ijod bog'i nihollari - yosh qalamkashlarni qutlab, ezgu tilaklar izhor qilishdi. Tadbir davomida o'quvchilarga tantanali ravishda ushbu kitob hamda esdalik sovg'alari topshirildi. 

Shundan so'ng she’rlari to'plamdan joy olgan yosh ijodkorlar so'zga chiqib, bunday g'amxo'rlikdan cheksiz quvonchda ekanliklarini bildirib, taqdimot qatnashchilariga yangi she'rlaridan o'qib berishdi.