Ijod maktabi o‘qituvchisining ijod namunasi "Farg‘ona haqiqati" gazetasida chop etildi

“FARG‘ONA HAQIQATI” gazetasi yosh ijodkorlarini qo‘llab – quvvatlashda, ularning asarlarini butun ijod ahliga yetkazishda yaqindan yordam beruvchi gazeta hisoblanadi.

Ushbu sonida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Davlatjon Karimovning "Bag'ishlov"  she'ri yoritildi.

Ma'lumot o'rnida, Davlatjon Karimov “O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining xalqaro tajribalar asosida o‘tkazilgan “Ustoz-2020” (Best teacher) tanlovi qatnashchisi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan  “Til borki, millat barhayot” tanlovining g‘olibi. O‘quvchilari fan olimpiadalari g'olibi bo'lgan. "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori.