Ijod maktabi o'quvchilari xalqaro va mahalliy til bilish sertifikatlarini qo'lga kiritishdi

2021-2022-o‘quv yili davomida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining o'quvchilari xalqaro va mahalliy darajadagi chet tillarini bilish sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

Maktabning 17 nafar o‘quvchisi ingliz tili bòyicha CEFR va IELTS; 14 nafar òquvchisi esa nemis tili bòyicha GYOTE sertifikatlariga ega bo'lishdi.

Jumladan 10-11-sinf o‘quvchilardan:
-13 nafari CEFR B2 darajasini, 
 - 3 nafari  IELTS xalqaro imtihonidan faxrli 7 ballni;

7-8 sinf òquvchilaridan: 
- 5 nafari A1-A2 darajali
9-sinf o'quvchilaridan:
 -4 nafari B1 darajali hamda
10-11-sinf o‘quvchilardan:
- 5 nafari B2 darajali nemis tili bo'yicha GYOTE sertifikatini qo'lga kiritdilar.

Ma'lumot o'rnida, Ibrat ijod maktabi GYOTE institutining PASH maktablar loyihasida ishtirok etish uchun asosiy da'vogar sifatida qabul qilindi.