Ijod maktabi oʻquvchisi Yoshlar forumi doirasida o‘tkazilgan sessiyada o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida “Besh muhim tashabbus: imkoniyat va istiqbollar” iqtidorli yoshlar sessiyasi oʻtkazildi.  

Mazkur sessiyada Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Mohizodabonu Turofova “Yosh tarjimonlar Kengashini tashkil etish” loyihasi bilan ishtirok etdi. Loyihada yoshlar uchun badiiy va ilmiy tarjimalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Loyihani moliyalashtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 100 mln soʻm miqdorida grant mablagʻlari ajratildi.