Ijod maktabida intellektual tadbir

 Joriy yilning 30-oktyabr kuni, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Sentabr-oktabr- xorijiy tillar fan oyligi” kesimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan turkum tadbirlardan biri, “Classopedia” intelektual shousi bo’lib o’tdi. Shouda 9-10-sinf o’quvchilaridan 4 nafar a'zodan jamoalar shakllantirilib ishtirok etdilar. 

Har bir jamoa ekspert va xalqaro mutaxassislardan tashkil topgan hakamlar ha'yati tomonidan 2 ta shart asosida baholandilar. Dastlab, har bir jamoa o’z ijodkorligini ingliz tilida namoyish etdi, so’ngra esa intelektual savollar bilan o’zaro musobaqalashdilar. 

Shou qizg’in savollar va ijodiy chiqishlarga boy o’tdi. Shou yakunida esa hakamlar hay’ati e’lon qilgan yakuniy natijalarga ko’ra g’olib jamoalar e’lon qilindi. Ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.