Ijod maktabiga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!

Ijod maktabiga saralash imtihoni 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Ona tili va adabiyot yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 1-bosqichda nomzodlar uchun ijodiy imtihonlar ikki turda amalga oshiriladi va umumiy 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi.

  • 1-tur – yozma ish – 50 ball;
  • 2-tur – og‘zaki suhbat – 50 ball.

Saralash imtihonining 1-turi uchun har bir o‘quvchiga 60 daqiqagacha vaqt beriladi.

Saralash imtihonining 2-turi – og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi. 
Mazkur turda o‘quvchi oldindan tayyorlangan imtihon biletlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchi o‘zi tugallagan sinfda adabiyot fanidan o‘rganilgan mualliflarni, badiiy asarni qay darajada tushunib mutolaa qilgani, asardan olgan taassurotlari, undagi badiiy tasvir vositalarini anglay bilishi, she’rni ifodali yod o‘qishi, badiiy san’atlar bo‘yicha bilimga ega ekanligi, badiiy asar yuzasidan o‘z fikriga ega ekanligi, adabiyot yuzasidan nazariy bilimga ega ekani sinaladi.

Javob berish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.

Ijod maktablarining ijodiy imtihonining 1-  va 2 - turi bo'yicha  namunalar:

1-tur ya’ni yozma ish uchun taxminiy mavzu namunalari:

  • Mening sevimli ertagim;
  •  Tabiat – bizning boyligimiz;
  • Bolaligim – podsholigim;
  • Odob – inson bezagi;
  • XXI asr – intellektual rivojlanish asri.

2-turi – og‘zaki suhbat uchun taxminiy mavzu namunalari:

7-sinfga nomzodlar uchun namuna
Hech kimga hasad qilma. Hasadgo‘y hech nimaga erisholmaydi. Faqat o‘zgani ham, o‘zini ham abgor qiladi.
Egrilikning hаm, to‘g‘rilikning hаm o‘z tа’rifi bоr. Еgrilik yolg‘оndаn pаydо bo‘lаdi, to‘g‘rilik hаqiqаtdаn.
Matnni o‘qing. Xalqimiz tomonidan aytilgan hikmatlar ma’nosini chaqing va ularni o‘z so‘zingiz bilan bayon qiling. “Egrilik-to‘g‘rilik”, “haqiqat-yolg‘on” kabi juftliklar yordamida qanday badiiy san’atlarni yuzaga keltirish mumkin?

8-sinfga nomzodlar uchun namuna.
... Past-pastgina past ko‘chalar,
Holin bilmas bir nechalar,
Bedov mingan boyvachchalar,
Boyvachchalar, bekvachchalar,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?

She’riy parchani o‘qing. Parcha olingan asar hamda uning janri haqida fikringizni bayon eting.