Results of entrance exams to creative schools at the Agency

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkazildi.  1-bosqichi yozma ish va og‘zaki suhbatdan iborot bo‘lib, mazkur imtihonlar 1-7 iyul kunlari bo ‘lib o‘tdi.  2-bosqichi esa 25-iyul kuni o‘tkazildi va unda o‘quvchilar test topshirishdi.

Ijod maktablariga kirish imtihonlari natijasi esa 2-avgustdan e’tiboran e’lon qilindi. O‘quvchilarga to‘plagan ballari va qabul qilinganlik yoki qilinmaganlik haqidagi xabarnoma yuborildi. Shuningdek, ushbu ma’lumot har bir o‘quvchining “Shaxsiy kabinet”iga joylandi.

Har bir maktabning sinflar kesimida eng yuqori ball va o‘tish bali haqida ma’lumot quyidagi jadvalda  taqdim etilmoqda: Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, kirish imtihonlarida eng yuqori ball 183 ball etib belgilangan edi.

T/r

 

            MAKTABLAR

 

SINFI VA QAYD ETILGAN BALL KO‘RSATGICHLARI

 

1

Is’hoqxon ibrat nomidagi ijod maktabi

 

7-sinf

Yuqori ball-170,8
O‘tish bali-136,6

 

8-sinf 

Yuqori ball-171,8
O‘tish bali-136,5

 

2

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

 

7-sinf 

Yuqori ball- 149,2
O‘tish bali- 123,6

 

8-sinf

Yuqori ball- 155,4
O‘tish bali- 140,0

 

3Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

7-sinf

Yuqori ball- 143,6
O‘tish bali- 115,8

8-sinf

Yuqori ball-148,1

O‘tish bali- 120,9

4Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 

7-sinf

Yuqori ball- 142,3

O‘tish bali- 116,4

 

8-sinf

Yuqori ball-148,5

O‘tish bali- 131,9

 

5Hamid Olimjon nomidagi ijod maktabi

  7-sinf
Yuqori ball-153,3

O‘tish bali-127,9

 

8-sinf

Yuqori ball-142,0

O‘tish bali-135,3

 

6Ibrohim Yusupov nomidagi ijod maktabi 

        7-sinf 
Yuqori ball- 136,0

O‘tish bali- 113,9

 

 

 

6

 

Ogahiy ijod maktabi

7-sinf

Yuqori ball-142,5

O‘tish bali-116,3

 

8-sinf

Yuqori ball-145,7

O‘tish bali-123,4

 

9-sinf 

Yuqori ball-144,5

O‘tish bali-116,2

 

7Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7-sinf

Yuqori ball-151,2

O‘tish bali-121,4

 

8-sinf

Yuqori ball-158,7

O‘tish bali-132,8

 

9-sinf

Yuqori ball-143,1

O‘tish bali-113,5

 

8Abdulla Qodiriy ijod maktabi

7-sinf

Yuqori ball-138,7

O‘tish bali-112,8

 

8-sinf

Yuqori ball-149,5

O‘tish bali-136,1

 

9-sinf

Yuqori ball-144,7

O‘tish bali-112,0

 

10-sinf

Yuqori ball-153,8

O‘tish bali-104,1

 

        Respublikamizdagi barcha ijod maktablariga umumiy 356 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Jumladan, Ibrohim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 12 nafar, Hamid Olimjon nomidagi ijod maktabiga 30 nafar, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 45 nafar, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 46 nafar, Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabiga 38 nafar va Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 34 nafar, Erkin Vohidov ijod maktabiga esa 45 nafar, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 26 nafar hamda Ibrat nomidagi ijod maktabiga esa 80 nafar o‘quvchi qabul qilindi.
         Yangi o‘quv yilida ijod maktablari o‘quvchilari uchun  chet el adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida “Yosh tarjimonlar” va  aktyorlik mahorati yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan to‘garaklar tashkil etiladi. O‘zbekiston xalq shoirlari, Xalq yozuvchilari, adiblar, aktyor va rejissyorlar hamda boshqa madaniyat va san’at vakillari ishtirokida mahorat darslari kutmoqda. Imtihonlardan muvafaqqiyatli o‘tgan barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz. 

                                                                                                                                                                                                                                                      Agentlik axborot xizmati