IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR IJODIY OLIMPIADA BOʻLIB OʻTMOQDA

#ijodiy_olimpiada
#1_kun 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi boshlandi. 

Ijod maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oʻz isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” oʻtkazilmoqda.

Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida saralab olingan 18 nafar oʻquvchi mazkur olimpiadaning  2 kun davom etadigan Agentlik bosqichida ishtirok etmoqda. 

Olimpiadaning yopilish va gʻoliblarni taqdirlash marosimi ertaga boʻlib oʻtadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.