IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

✅ IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

➖Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test  hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

➖Xorijiy til yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

☎️ Call-markaz: 1206