Ijodiy uchrashuv va “Vahdat kuyi” to‘plamining taqdimot marosimi

16 – mart kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘zbek, fors - tojik xalqlarining ulug‘ shoiri Asqar Mahkam ijodi haqida xotira anjumani va “Vahdat kuyi” to‘plamining taqdimot marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirda yozuvchi, “Shuhrat” medali sohibi Nabijon Boqiy, taniqli shoir, Xalq og‘zaki ijodi targ‘ibotchisi, Hayot Shodmon hamda Tarix fanlari nomzodi Nodirbek Abdulahatovlar  ishtirok etadi. Uchrashuv o‘quvchilarning badiiy chiqishlari bilan boshlandi.

Tadbir yakunida mehmonlarga maktab direktori N.Mannopova esdalik sovg‘alari topshirdi.