INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BO‘LIB OʻTDI

#xalqaro_hamkorlik 
#Incheon_taʻlim_festivali

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichi va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Incheon shahar taʼlim boshqarmasi Xalqaro taʼlim markazi direktori Lee Mi Yeong va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.