IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB OʻQUVCHISI RESPUBLIKA TANLOVI GʻOLIBI

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 
#Mirzo_Ulugʻbek_vorislari

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Ulugʻbek" jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Mirzo Ulug’bek Vorislari” Respublika tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Agentligimiz tizimidagi Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shahzod Erkinov oʻzining ilmiy gʻoyalari va innovatsion ishlanmalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Shahzod Erkinov gʻolib sifatida diplom va 6 800 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, Turin politexnika universitetiga muddatidan ilgari talabalikka qabul qilindi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!