Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi BMTning Toshkent yoshlar modeli loyihasida ishtirok etdi

“Toshkent yoshlarni Forumi-2021” doirasida joriy yilning 20-21-dekabr kunlari “Tashkent city Congress hall” majmuasida “Yoshlar birdamlik va taraqqiyot yo‘lida” shiori ostida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkent yoshlar modeli loyihasi tashkil etildi.

Mazkur loyihada ishtirok etish istagi bilan 5 mingdan ziyod yoshlar ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, shundan birinchi saralash bosqichida 250 nafar eng faol yoshlar saralanib olingan. Saralashning ikkinchi bosqichida esa yoshlarning intelektual bilimi, xorijiy tillarni bilishi, tashabbuskor g‘oyalari kabi darajalar orqali 150 nafar yoshlar saralab olindi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-"b" sinfi o'quvchisi Abrorov Saidmurod Toshkentning eng faol 150 nafar yoshlarning orasidan joy oldi. U TYMUN (Tashkent Youth Model United Nations) davomida Gruziyaning delegati sifatida qatnashib, tadbir yakunida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.