Kuz

Sokin kun, atrof tinch, ma’sumlik,
Quyoshda yaltirar oltin barg.
Sukunat cho‘mdi-da bir zumlik,
Quvonch ham bizlarni etdi tark.

Ko‘z yoshim yomg‘irdek yog‘di-da,
Mavjlandi bezovta daryolar.
Dunyolar aqldan ozdi-da,
Yolg‘onga aylandi ro‘yolar.

Yuragim, sochmagin dardlaring,
Zulmatga qoplama olamni,
Men tilla yaproqqa alishdim,
Qirdagi fusnkor lolamni.

Sokin kun, atrof tinch, ma’sumlik.

✍🏻Tasanno Abduvahhobova
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi