Maktab oʻquvchilari Robot-Uz 2020 gʻolibi

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab oʻquvchilari Robot-Uz 2020 respublika koʻrik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Shahar bosqichi 9 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, maktabning ikkinchi jamoasi “Robot Sumo” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va respublika final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi!

Eʼtiborlisi, gʻolib jamoalar tarkibida qizlarning ham borligi. Bu esa, qizlar oʻrtasida ham robototexnikaga boʻlgan qiziqish juda katta ekanligiga yaqqol dalil boʻla oladi.

Agentlik nomidan maktab jamoalariga final bosqichida omad tilab qolamiz!