"Mard o'g'lon" mukofoti sohibi: "Yuritimizdagi har bir yosh davlat e'tiborida"


  • Avvalo, “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan tabriklaymiz. Taasurotlaringiz bilan bo‘lishsangiz.

Rahmat. Bu mukofot nafaqat menga, balki ota-onam va ustozlarimga ham berildi, deb qabul qildim. Chunki men ulardan ilhom oldim, ular meni qo‘llab-quvvatlashdi. Shunday ekan, mazkur e’tirof avvalo ularga tegishli. To‘g‘risini aytish kerak – men hamon chuqur hayajondaman. Shu o‘rinda, “Mard o‘g‘lon” laureanti bo‘lish bilan yurtimizdagi har bir izlanuvchan, harakatchan, ilmga chanqoq yoshlarning shaxsan davlatimiz rahbari e’tiborida ekanini chuqur his qildim. 

  • Nega ona tili va adabiyoti fanini tanlagansiz? Bu yonalish nimasi bilan sizni oziga tortgan? Umuman, oqituvchilik kasbini tanlashingizga nimalar sabab bolgan?

Men bolaligimdan jadid adabiyotiga qiziqqanman. Ularning asarlari va hayot yo‘li men uchun doimo qiziq edi. Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Cho‘lpon kabi buyuk bobolarimiz asarlarini o‘qib ulg‘aydim va bir kuni ular kabi xalqimga men ham ziyo ulashay dedim. Bu qanday shaklda bo‘lishini ahamiyati yo‘q – gazetadami, maktabdami – qayerda bo‘lmay, shu maqsadni amalga oshirishga intilganman. Xuddi shu maqsad meni ijodkorlikka, she’r yozishga, keyinroq maktab ostonasiga boshladi. 

  • Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidagi faoliyatingiz doirasida oquvchilaringizning erishgan yutuqlari haqida ortoqlashsangiz.

Menimcha, ustozning mehnati odatda o‘quvchilarining yutuqlarida ko‘rinadi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganiga uzoq vaqt bo‘lmaganiga qaramasdan, mazkur maktab o‘quvchilari ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishdi. Xususan, o‘quvchilarim orasidan mahalliy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida faxrli 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar, “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi g’oliblari ham bor. Shuningdek, o‘quvchilarimdan biri  Sanjarbek Ikromov Yosh ijodkorlar kengashi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Duel” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Har bir erishilgan yutuq men uchun juda qadrli. Axir, ustoz uchun shogirdining kamolini ko‘rishdan ham yuksakroq baxt bo‘lmasa kerak.

  • Galaba doimo quvonchli. Lekin hayot yoqotish va topishlar bilan barqaror. Maglubiyatni qanday qarshi olasiz? Oquvchilaringiz biror tanlovda golib bololmasa, yoki ozingiz bilan shunday holat roy berganda qanday yol tutasiz?

Aslida bu ikki tushuncha bir-biriga zid ma’noli bo‘lsa ham, mening nazdimda ular bir-biriga judayam yaqin. Chunki, g‘alaba ham, mag‘lubiyat insonga, albatta, nimadir beradi. G‘olib kishi yutuqlarni, mag‘lub esa tajriba va bilimni qo‘lga kiritadi. Yutqazgan odam o‘z xato va kamchiliklarini anglab yetadi, ularni bartaraf etishga intiladi.  Bu ham o‘ziga xos g‘alabadir. Men doimo o‘z o‘quvchilarimga qandaydir tanlov yoki musobaqalardagi ishtirok bu o‘z kuchini baholashga yordam berishi, bilim va ko‘nikmasini kattaroq maydonda sinash ekanini aytaman. Agar muayyan musobaqa doirasida o‘zim yoki shogirdlarim yutqazgudek bo‘lsa, xuddi shu mag‘lubiyat g‘alabadan ko‘proq narsa berishini ta’kidlayman. Mag‘lubiyat insonni ulg‘aytiradi. O‘z ustida ko‘proq ishlashga yordam beradi. Bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan o‘quvchilarim keyingi urinishlarda g‘olib bo‘lganlariga ko‘p guvoh bo‘lganman. Shunday ekan, inson qo‘lga kirita olmagan yutuqlaridan fojea yasamasligi, aksincha, doimo oldinga intilishi zarur.

  • Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

Aslida, kelajak rejalarim haqida ko‘p gapirmayman. Chunki, ommaga e’lon qilingan rejalar agar amalga oshsa – muvafaqqiyat, ro‘yobga chiqmasa armon bo‘lib qoladi. Hozircha faqat shuni ayta olaman - men o‘z yo‘nalishim bo‘yicha o‘qishni magistraturada davom ettirib, ilm yo‘lidan borishni rejalashtiriyapman. Shu orqali xalqimga, yurtimga foydam tegsin, deyman.

  • Maroqli suhbat uchun tashakkur. Kelajak ishlaringizga omad tilaymiz.

Agentlik axborot xizmati