#matbuot_anjumani
AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi:
➖O‘tgan 2024-yilda Agentlik tizimida Ko‘kdala, Pop va Oqdaryo tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etilib, natijada iqtidorli bolalar uchun qo‘shimcha 504 ta yangi o‘quvchi o‘rin, 162 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 3 ta – Andijon, Samarqand, Nukus shahar filiali tashkil etildi.
➖Agentlik tizimidagi o‘quvchi va talabalar soni 73 500 nafarga yetdi, maktablardagi 8 473 nafar o‘qituvchilarning 54 foizini oliy va birinchi toifalilar tashkil etadi.
➖Agentlik maktablari kirish imtihonlarida 215 211 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar soni bir o‘ringa nisbatan 185 tani tashkil etdi.
➖14 ta Prezident maktablarida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining yangi tahrirdagi STEM fanlari ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etildi.
➖9 ta ijod maktabida “San’at” fanini o‘qitish, 185 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda shaxmat darslari, “Yosh akademiklar” klubi, akademiklar tomonidan mahorat darslari o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi.