“Math league” tanlovi g'oliblari

Joriy yilning 15-dekabrida Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan har yil anʼanaviy tarzda dunyo boʻylab oʻtkaziladigan “Math league” matematika ligasida Oʻzbekistonning turli hududlaridagi oʻndan ortiq maktablardan 200 nafarga yaqin oʻquvchilarimiz ishtirok etdi.

Dunyo miqyosida oʻtkaziladigan mazkur tanlov gʻoliblari orasida Prezident maktabi oʻquvchilarining ham borligi quvonarli holatdir. Marhamat, gʻoliblarimiz bilan tanishing:

7-sinf oʻquvchisi Shamil Xusnulin I oʻrinni egallab, Oltin medal sohibi boʻldi.

8-sinf oʻquvchilari Faxrinur Joʻrayeva hamda Jafar Arifjanov Kumush medalni qoʻlga kiritdilar.

5-sinf oʻquvchisi Davlat Olimov Kumush,

5-sinf oʻquvchilari Abdulloh Djoʻrayev va Farohiddin Otajonov Bronza,

6-sinf oʻquvchilari Javlon Xasanov, Abdulbosit Sharifjonov va Saidamirxon Yusupov Kumush,

6-sinf oʻquvchilari Boxirbek Ibrohimov va Islom Boyqobilov Bronza sohibi boʻldilar.

Barakalla, aziz oʻquvchilar! Izlanishdan tolmang!