Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi universitetlarga o‘qishga qabul qilindi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mirshodjon Rizoqulov dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi universitetlarga o‘qishga qabul qilindi.

Mirshodjon Rizoqulov quyidagi universitetlarda turli miqdordagi grantlarni qo‘lga kiritdi.

Arizona State University – $88000
University of Tampa – $48000
Xavier university – $100000
Lycoming College – $148000
University of Tasmania – $12000
British Management University –$7400

Jami grant miqdori: $313400