Muhtaram Vatandoshlar!

 

Muhtaram Vatandoshlar!

Barchangizni eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy qutlayman.

Maqsadimiz goʻzal va farovon hayot, erkin va porloq kelajak, hur va mustahkam davlat qurish ekan bu yoʻlda barchamiz hamnafas, hamqadam boʻlmogʻimiz kerak. Daxldorlik hissi, oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyat va sadoqat, Vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusi qalbingizni aslo tark etmasin. Boshimizni baland, qaddimizni tik, gʻururimizni osmon qilgan erk va ozodlik bayrami muborak boʻlsin!

Sarvar Babaxodjayev,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari.