Namangandagi Prezident maktabi o'quvchisi Buyuk Britaniyaning 5 ta universitetiga o'qishga kirdi

Аgentlik kanallari orqali Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari bilan turkum intervyular berib borishni rejalashtirdik. Intervyularda bilimga chanqoq yoshlar yutuqlari hamda kelgusidagi rejalari haqida so'zlab, tengdoshlariga motivatsiya berishiga hamda ilm olishga undashiga ishonamiz. Loyihaning 1-ishtirokchisi Namangandagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchisi Robiyaxon Nabijonova. U Buyuk Britaniyaning 5 ta universitetiga o'qishga qabul qilingan.