Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Aziza Ne'matova AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

Unda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.