NUKUS PREZIDENT MAKTABINING IELTS REKORDI YANGILANDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining (https://t.me/prezidentmektebi) 10-sinf o‘quvchisi Zulfiya Ktaybekova xalqaro IELTS imtihonida 8,5 ballni qo‘lga kiritdi. 

Zulfiya imtihonda tinglab tushunish (listening) va o'qish (reading) qismlaridan maksimal 9 ballik natija qayd etgan.

O'quvchimiz o'z natijasi bilan Nukus shahridagi Prezident maktabida IELTS xalqaro imtihoni natijalari bo'yicha qayd etilgan rekordni ham yangilashga muvaffaq bo'ldi.