Nukus shahridagi Prezident maktabida taʼlim muassasasi oʻqituvchilari va xodimlari uchun jamoada ishlash boʻyicha seminar tashkil etildi.

Seminar maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktori Xezbon Opiti tomonidan tashkil etildi.

Maktabning xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari hamda xodimlari mashgʻulotlar doirasida jamoani shakllantirish va jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirdilar.

Seminarda ishtirokchilar jamoaning asosiy maqsadini aniqlash orqali, jamoat nimaga erisha olishi va qanday natijaga erishish mumkinligini muhokama qildilar.

Xezbon Opitining soʻzlariga koʻra, jamoada ishlash har qanday tashkilotda muvaffaqiyatining asosidir. Tashkil etilgan seminarning asosiy maqsadi ham jamoa aʼzolari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, xodimlar oʻrtasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni shakllantirish edi.