OʻQUVCHILAR AKADEMIK BILAN UCHRASHDI

#Farmon_ijrosi_amalda 
#Akademik_bilan_muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda OʻzFA Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Fathulla Abdullayev bilan uchrashuv tashkil qilindi.