Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Iroda Saydullayeva AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari boʻyicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls 2025" dasturi gʻolibi boʻldi.
Unda 38 davlatdan 44 000dan oshiq ishtirokchilar ichidan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. Gʻolib oʻquvchilar axborot texnologiyalari boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
IT yoʻnalishida bilimlarini oshirish uchun AQShga boradigan oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!