#ona_tilim_faxrim
#prezident_maktabi
"OʻZBEK TILI MILLIY OʻZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZNING TIMSOLI"
⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabida "Oʻzbek tili milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Milliy raqslar, go‘zal qo‘shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
📌 Yakuniy qismda esa eng faol pedagog o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda "Oy kitobi loyihasi" g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.